Foydalanish shartlari

http://yangikitob.uz  (kelgusida sahifalar) “ONLINE TEST MARKAZI” XKning internetdagi rasmiy sahifalari hisoblanadi. Sahifalar “ONLINE TEST MARKAZI” XKga tegishlidir. Ushbu sahifalardan ma’lumotlarni “ONLINE TEST MARKAZI” XKga ruxsatisiz ko’chirish mumkin emas.


Foydalanish shartlari


1. Foydalanuvchi majburiyati va huquqlari:

  • 1.1. Sahifalarda ro’yxatdan o’tish bepul va majburiy emasdir. Foydalanuvchi o’z xoxishiga ko’ra ro’yxatdan o’tadi.
  • 1.2. Foydalanuvchi sahifalarda ro’yxatdan o’tish bilan birga shaxsiy kabinet yaratish uchun kerakli bo’lgan xaqiqiy va so’ngi ma’lumotlarni taqdim etishi shart. Shu bilan birga xar bir foydalanuvchiga tegishli bo’lgan loginni yaratish uchun elektron manzilni berishi kerak.
  • 1.3. Foydalanuvchi berayotgan ma’lumotlarni to’g’riligini va ma’lumotlarga nisbatan uchinchi shaxslar tomonidan shikoyatlar kelmasligini kafolatlashi shart.
  • 1.4. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan so’ng taqdim qilgan elektron manziliga sahifalarga kirish logini va paroli yozilgan maktub qabul qilib oladi.
  • 1.4. O’z login va parollarni maxfiyligi va tarqalib ketmasligini ta’minlash foydalanuvchi zimmasidadir.
  • 1.5. Foydalanuvchi o’z login va paroli bilan uning ruxsatisiz ishlatilganini bilsa zudlik bilan ma’muriyatga info@yangikitob.uz elektron manzili orqali ma’lum qilishi kerak.
  • 1.6. Foydalanuvchi sahifalardan foydalanishda etika va tarbiya normalariga rioya qilishi shart.
  • 1.7. Foydalanuvchi sahifalarga O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan, shuningdek, birovlarga zarar keltiradigan, shaxslarni xaqorat qiladigan, mualliflar xuquqini buzadigan, insonlar orasida irqiy, diniy, jinsiy, ijtimoiy holatlari bo’yicha nizolarga olib keluvchi materiallarni joylamaslik majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
  • 1.8. Foydalanuvchi bir nechta yoki o’ziga tegishli bo’lmagan shaxs nomidan ro’yxatdan o’tishi mumkin emas.
  • 1.9. Foydalanuvchi sahifalardan olgan materiallar va mahsulotlarni faqatgina o’zi ishlatishi mumkin, ya’ni sahifa ma’muriyati yoki mualliflarning yozma ruxsatisiz ulardan nusha ko’chirishi va tarqatishi mumkin emas.
  • 1.10. Foydalanuvchi sahifalardan mahsulotlar xarid qilganda sahifa ma’muriyati tomonidan maxsulotlar to’lov tasdiqlangandan so’ng 3 ish kuni ichida pochta xizmati punklaridan biriga etgazib beradi:
    • Xozirda to’lovlar, Click.uz,Payme.uz To’lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
    • Mahsulotlar O’zbekiston Milliy pochtasining maxsus xabarnomalik banderol xizmati oraqali yuboriladi.
    • Banderollar xozirda faqat O’zbekiston Respublikasi bo’ylab yuboriladi.
    • Foydalanuvchi mahsulotlarga buyurtma berayotganda manzillarni indekslari bilan to’g’ri berishi shart.
    • Buyurtma berilgandan so’ng, 3 kun ichida to’lov amalga oshirilmasa ushbu buyurtma bekor qilinadi. Foydalanuvchi yangitdan buyurtma berishi kerak bo’ladi.
    • Banderol yuborilgandan so’ng sahifa ma’muriyati foydalanuvchiga SMS-Xabarnoma yuboradi.
    • Mijoz banderol qabul qilayotganda pochta xizmat ulardan imzo talab qiladi. Imzo qo’yilmagan taqdirda banderol topshirilmay orga qaytariladi.
    • Banderollar pochtaga topshirilgandan so’ng 3 kundan 10 kungacha bo’lgan muddatda etkaziladi. Ularning o’z vaqtida etkazib berilishiga O’zbekiston Milliy pochtasi javobgar, unga sahifalar ma’muriyati javob bermaydi.
    • Foydalanuvchi manzilni noto’g’ri berganligi yoki pochta xizmatidagilar borganda qabul qilib oluvchi bo’lmagani sabablik qaytib kelgan banderolni yana qayta yuborish xarajatini mijozni o’zi to’laydi.
    • Banderollar yuborilgandan so’ng pochta xarajatlari xech qanday holatda qaytarib berilmaydi.
    • Banderollarni qadoqlash va yuborish narxlari mahsulot sotib olinayotganda uning narxlaridan tashqari qo’shimcha xaq sifatida qabul qilib olinadi.
    • Banderolllarni qadoqlash va yuborish narxlarini sahifamizdan bilib olishingiz mumkin.
    • Yuqorida aytilgan pochta xizmatlari narxlarini sahifa ma’muriyati foydalanuvchilarga e’lon qilib yoki e’lon qilmasdan o’zgartirishi mumkin.

 

  • 1.11. Foydalanuvchi buyurtma berish vaqtida etkazib berish turlarini tanlashda "Do’konimizdan olib ketish"ni tanlashi mumkin. Bunda etkazib berish xarajatlari olinmaydi. Bunda buyurtmaga to’lov qabul qilingan kundan 30 kun ichida buyurtmachi o’z shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport yoki haydovchilik guvohnomasi) bilan kelib mahsulotlarni do’konimizdan olib ketishi kerak. Buyurtmachi 30 kun ichida kelmasa buyurtma bekor qilinadi. Bekor qilingan buyurtma to’lovi esa buyurtmachi kelib ariza yozgan taqdirda uning shaxsiy plastik kartasiga qaytarib beriladi.
  • 1.12. Foydalanuvchi xarid mahsulotlar xaqida to’liq ma’lumot bilan yaxshilab tanishgandan so’ng xarid qilishi kerak. Savollar bo’lsa sahifalar ma’muriyatiga murojaat qilishi kerak.
  • 1.13. Sahifamizdan xarid qilingan mahsulotlar qaytarib olinmaydi va amalga oshirilgan to’lovlar foydalanuvchiga qaytarilmaydi.
  • 1.14. Foydalanuvchi ma’muriyatga uning shaxsiy kabinetini o’chirishni iltimos qilib maktub yozish orqali sahifadan foydalanishini to’xtashishi mumkin.

2. Sahifalar ma’muriyatining majburiyat va huquqlari:

  • 2.1. Sahifalar ma’muriyati istalgan vaqtda sahifalar dizayni, joylashishi, shuningdek ichidagi materiallarni foydalanuvchiga e’lon qilib yoki e’lon qilmasdan o’zgartirish xuquqiga egadir.
  • 2.2. Sahifalar ma’muriyati foydalanuvchilarga sahifalarga oid elektron maktublar yuborib turish xuquqiga ega. Lekin sahifa ma’muriyati xech qachon foydalanuvchidan shaxsiy kabinetiga kirish login va parollari xaqida ma’lumot so’rab maktub yozmaydi!
  • 2.3. Sahifa ma’muriyati mahsulotlarni narxlarini istagan vaqtda foydalanuvchiga e’lon qilib yoki e’lon qilmasdan o’zgartirish xuquqiga ega.
  • 2.4. Sahifalar ma’muriyati foydalanuvchilarga e’lon qilmasdan yoki e’lon qilib istagan materiallar va yozuvlarni o’chirib tashlash, shuningdek foydalanvchilarni faoliyatini to’xtatish yoki qisman taqiqlash xuquqiga egadir.
  • 2.5. Sahifalar ma’muriyati sahifalardan foydalanishga qo’shimcha shartlar, taqiqlar yoki sahifa faoliyatini vaqtinchalik yoki umuman to’xtatish huquqini o’zida qoldiradi.